03 avg 07:51
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: "Getjiga qarshi jangga tayyorgarlik avvalgilaridan farq qilmoqda" + FOTO
Bir oy avval otasidan ayrilgan Xabib bu galgi mashg'ulotlar avvalgi janglarga olib borilgan tayyorgarlikdan keskin farq qilishini takidladi va bu haqida Instagram sahifasiga suratli xabar ham joyladi.
"Mashg'ulotlar juda ham qiyin kechadi. Sentyabr oyidan Xaver Mendes bilan birgalikda shug'ullanishni boshlaymiz. Getjiga qarshi kechadigan jangga olib boriladigan mashg'ulotlar avvalgilaridan keskin farq qiladi", — deya post qoldirgan Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Xabib Nurmagomedovning faoliyatidagi 29-jangi 24 oktyabr kuni amerikalik Jastin Getjiga qarshi o'tkaziladi. Getji shu yilning may oyida Toni Fergyusonni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik jangida oktagonga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar