04 avg 09:09
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov Getjini jiddiy tarzda ogohlantirdi
"Men Dastin yoki Toni emasman", deya keskin munosabat bildirgan dog'istonlik chempion. Xabib sharhlovchi Jo Roganning Instagram sahifasiga Jastinning mashg'uloti aks etgan kichik rolikdan achchiqlanib, fikr qoldirgan.
Jo Rogan: Ertalabdan sport zalida kunni ajoyib tarzda qarshi oldik. Bu erda Jastin hamda master Trevor Uitmanning "qattiq" mashg'ulotlaridan zavqlandim.
Xabib Nurmagomedov: Jastin yaxshi raqib, uni hurmat qilaman. Lekin u oktagon eshiklari berkitilganda faqat boks jangiga tayyor bo'lmasligi kerak. Men Dastin (Pore) yoki Toni (Fergyuson) emasman. Men uni okeanning zulmat qariga cho'ktiraman.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Jastin o'rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar
Leyin bu uni xoxishi. Uribogan odami bn nax qladi yòlida boshqalarxam òcheretda turgan bòlsa. Xa konor bn revansh bòsa itaradi òshandaxam uni muxlislari xafa bòlmasin! ))