23 jan 17:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27311_220.jpg)
Xabib Nurmagomedov: "Konor endi men bilan jang uchun navbatda turishi kerak, men pul uchun urishmayman"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang va Konor MakGregor haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men Konorni joyiga tushirib qo'ymoqchiman. Tonini mag'lub etganimdan so'ng, MakGregor men bilan jang uchun navbatga turishi kerak bo'ladi. Engil vaznda u bittagina jang o'tkazgan. Mening rekordim esa 25-0ni tashkil qiladi. Engilmas. Mutloq. Men kamarni qo'lga kiritmoqchiman.
To'g'ri, sportchilar Konorga qarshi jangda ko'proq pul ishlab olishga harakat qiladilar. Lekin, men sportda pul uchun yurganim yo'q. Men Rossiyada boshqa ishlar qilib ham ko'p pul ishlab topishim mumkin. Jangga tarix yaratish uchun kiraman.
Oldimda qiyin raqib turibdi. Toni Fergyuson men uchun haqiqiy chempion. Men esa uni mag'lubiyatga uchratmoqchiman. Rejam shunday", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : mmafighting.com
Fikrlar