26 noy 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "Mahmud Muradov o'z vaznini o'zgartirishi kerak"
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamyurtimiz Mahmud Muradov haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bu haqida www.olamsport.com sayti muxbiri TDIUda o'tkazilgan uchrashuvga asoslanib xabar qilmoqda.
"Mahmud Muradovning UFCdagi debyutini ko'rdim, yaxshi jang qildi. Ammo, bu vazn Mahmud uchun emas deb o'ylayman. U 77 kg vazn toifasi ga tushishi kerak, 86 kg vaznda yirik jangchilar ko'p. U divizionda 100 kilogrammli yigitlar vazn tashlashadi va jang qilishadi. Mahmudda esa vazn u qadar katta emas. SHuning uchun u UFC da katta muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsa vaznini o'zgartirishi kerak deb hisoblayman", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar