19 dek 15:52
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: "MakGregorni allaqachon kamardan mahrum qilish kerak edi"
Undan "Konor MakGregor anchadan beri chempionlik kamarini himoya qilmasligiga qanday munosabat bildirasiz?" degan savolga quyidagicha javob qaytardi.
Agar sportchida jarohat bo'lsa yoki qandaydir boshqa sabab bilan u kamarini himoya qila olmasa bu juda yomon. Lekin, sen chempion bo'lsangu, jarohating bo'lmasa uni himoya qilishing lozim. Menga bunday vaziyatda Jorj Sen-Per o'zini qanday tutgani maqul kelgandi. U yaqin vaqt ichida jang qila olmasligini tushungandan so'ng divizionni ushlab turmagandi. Bu haqiqiy chempionga hos qaror.
Konor bir yildan beri kamarini himoya qilmayapti. Qachon jang qilmoqchi ekanligini bilmayman ham. Unda nom bor. MakGregorning chempionligidan UFCga foyda bor. U orqali pul ishlashmoqda va yaqin vaqtlar ichida undan chempionlik kamarini olib qo'yishmasa kerak. Lekin, mening fikrim uni kamardan mahrum qilish kerak. Toni Fergyuson chempion bo'lishi kerak", - dedi sportchi.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov 30 dekabr kuni Edson Barbozaga qarshi jang qiladi.
Fikrlar