28 mar 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Men UFCdan jangni Ramazondan bir oy oldin belgilashni so'ragandim
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov UFC prezidenti Dana Uaytga ayblov qo'ydi.
Rossiyalik chempion Dana Uaytdan o'z jangini Ramazon ro'zasi kirishidan kamida bir oy oldin belgilashini so'ragan ekan.
"Men ularga jang sanasini Ramazondan kamida bir oy oldin istalgan vaqtga belgilashlari mumkinligini aytgan edim. Ha, ular menga so'ragan jangimni tashkil qilib berishdi. Lekin Ramazondan bir oy emas, bir hafta oldin. Bilmadim, agar men so'ragan muddatga belgilashganida hozir jang o'tib ketgan bo'larmidi?", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedovning amerikalik Toni Fergyusondan chempionlik himoya jangi 18 aprel kuni o'tkazilishi kerak. Lekin ayni paytda jangning qaerda o'tkazilishi malum emas.
Havola :
Fikrlar