24 mar 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: O'zi jang o'tkaziladimi? Vazn tashlaymi?
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov davogar Toni Fergyusonga qarshi jangi atrofida bo'layotgan gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"Rossiyaga qaytdim. Mashg'ulotni davom ettiryapman. Nima bo'lyapti o'zi, kimdir aniq gap ayta oladimi? 18 aprelga oz fursat qolmoqda. Vazn tashlashim kerakmi? Qaerda urishamiz? O'zi jang bo'ladimi? SHu savollarga javob topa olmayapman", - deya Instagram sahifasida post qoldirgan Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov - Fergyuson jangi 18 aprel kuni UFC 249 turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab hali ushbu jangning yangi manzili aniqlanmagan.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar