16 jan 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov qachon jang o'tkazishini malum qildi
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur sportchi Xabib Nurmagomedov o'zining keyingi jangini aprel oyida o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
“O'zimni ancha yaxshi xis qilyapman. Hozirgi vaznim 82-83 kg. Bu har doimgi vaznim. Jarohatim yo'q va tabiiyki operaciyaga muhtoj emasman. Ikki hafta xordiq chiqarib oldim. Tez orada mashg'ulotlarni boshlayman. Fevral oyida AQSHga jo'nab ketamiz, aprel oyida esa jang!”, - dedi Xabib.
Eslatib
o'tamiz, kecha UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va engil vazn
toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson o'rtasidagi jangni tashkil qilish
bo'yicha harakatlar boshlanganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar