01 noy 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "To'g'risi, Fergyusonga qarshi jang qilishni istagandim"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov bo'lajak raqibi Edson Barboza haqida gapirib o'tdi.
"Barboza raqib sifatida yaxshi. Uning himoyasi kuchli. Yaxshi harakat qila oladi va bizning vazn toifamizda eng yaxshi zarbaga ega. Balki, vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshisidir.
To'g'risini aytsam, men Toni Fergyuson bilan jang qilishni ko'proq istagandim. Lekin, u Konorni kutmoqda. Konor esa aniq qarorga kelmagan. U ham kutmoqda. Men esa boshqa kuta olmasdim va shuning uchun jangga rozi bo'ldim.
Sovrinni hisobga olmasak, Edson men uchun eng yaxshi variant. Men reytingda ikkinchiman, u esa uchinchi", - deydi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Barbozaning jang 30 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar