02 avg 11:25
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov trilogiyada Kormega g'alaba tiladi + FOTO
Ushbu oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda amaldagi UFC chempioni Stipe Miochich amerikalik sobiq jahon chempioni, 41 yoshli Daniel Kormega qarshi oktagonga ko'tariladi.
Engil vaznda UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov bo'lajak trilogiyada Kormega omad va g'alaba tiladi.
"Olg'a va omad! Oktagonga sen ko'tarilasan, lekin men hozirdan hayajonlanib ketyapman. Munosib raqibga qarshi jangda g'alaba yor bo'lsin", — deya Kormega atab "Instagram-storis"da xabar qoldirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Miochich va Korme shu kungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan. Birinchi jangda Daniel Miochichni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini tortib olgan edi. 2019 yilning avgust oyida o'tgan ikkinchi to'qnashuvda asli kelib chiqishi xorvatiyalik bo'lgan Stipe revansh olgandi. O'shandan beri har ikki sportchi ham jang o'tkazgani yo'q. Korme natija qanday bo'lishidan qatiy nazar Miochichga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlashini malum qilgan.
Fikrlar