So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

30 sen 14:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovga taqlid qiladigan professional bokschimiz bilan suhbat

Teglar :  BoksIsmoilovXorazm
Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan charm qo'lqop ustalarimizdan biri Abdurasul Ismoilovdir.

Abdurasul Ismoilov - 1996 yilning 5 oktyabrida Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug'ilgan. Ayni paytda Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi tarkibida faoliyat yuritmoqda. SHu kungacha professional boksning yarim engil vazn toifasida 7 ta jang o'tkazib, 6 tasida g'alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan), bitta jangni boy bergan.

Bu iqtidorli boks ustasini Urganch shahar hokimi sovrini uchun o'smirlar o'rtasida o'tkazilayotgan Xorazm viloyati chempionatida uchratib qoldik. Fursatdan foydalanib, u bilan muxtasar suhbatlashdik.

- Abdurasul, kayfiyatlar yaxshimi?

- Yaxshi, rahmat.

- Suhbatimiz avvalida katta boksga kirib kelishingizga kim hamda qaysi mahorat dargohi muhim ahamiyat kasb etgani haqida qisqacha malumot bersangiz?

- Bu borada Urganch shahridagi BO'SMni ko'rsatishim joizdir. Ushbu maskanda murabbiyim SHuhrat Ro'zmetovdan boksning dastlabki saboqlarini olganman. Vaqt o'tishi bilan Urganch olimpiya zaxiralari kolleji qoshidagi maktab-internatga o'qishga kirdim. U erda besh yil o'qidim. SHu vaqt ichida ustozlarim Nuriddin Atoqov va Alisher Polvonovlar qo'l ostida shug'ullanib, boksning texnik va taktik jihatlarini atroflicha o'rganganman.

- Ayni damda, siz professional boksda faoliyat yurityapsiz. O'tkazayotgan har bir jangingizni diqqat bilan kuzatib boramiz. SHunga qaramay, Janubiy Koreya davlatining 

promouterlik kompaniyasi bilan qachondan buyon hamkorlik qilayotganingizni ko'pchilik bilmaydi. SHu haqda to'xtalib o'tsangiz... 

- Ochig'i, bu taklif o'tgan yili bo'lgandi. Yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, ushbu kompaniya bilan shartnoma imzolaganman.

- Sir bo'lmasa, aytingchi kelishuv necha yilga imzolangan?

- Etti yilga.

- Yanglishmasam, u erda sizga hamyurtimiz, o'zbekistonlik mutaxassis ustozlik qilayotgan ekan... 

- Ha. Meni janglarga murabbiyim Bobur Najmiddinov  tayyorlayapti. SHuningdek, klubimiz tarkibida mendan tashqari yana ikki nafar andijonlik va bir nafar toshkentlik  bokschi ham bor.

- Yaqinda, aniqrog'i 1 sentyabr kuni Koreya poytaxti Seul shahrida WBA ASIA kamari  uchun mezbon sportchi Xvang Kil Kimga qarshi navbatdagi jangingizni o'tkazdingiz. Afsuski, bu jang raqibingiz foydasiga hal bo'ldi. Mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?

- Xabaringiz bor, jang to'liq 12 raund davom etdi. Natijada, g'olib ochkolar bo'yicha aniqlanishi lozim edi. Rosti, bu uchrashuvni yutganimga to'liq ishongandim. Vaholanki, jang mobaynida faollik men tomonda bo'lgandi. Buni betaraf boks mutaxassislari ham takidlashgan. Biroq, g'alaba raqibimga berildi. Ushbu jangning barcha hakamlari koreyalik bo'lib, o'zlarining hamyurti Xvang Kil Kimga yon bosishgani kundek ayon edi. Bu nohaqlikdan boshqa narsa emas, albatta.

- Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi. Tabiiyki, uni kuzatgansiz. Bokschilarimizning ishtirokini qanday baholaysiz?

- Alo. Bokschilarimiz mazkur jahon chempionati orqali o'zbek boksining dunyodagi o'rni va nufuzini yana bir bor ko'rsatib qo'yishdi. Jamoamiz oldida mana-man degan davlatlarlar bokschilari ham lol qoldi. Ayniqsa, ayrim sportchilarimiz bunday yirik musobaqada  ilk marta qatnashishiga qaramay, hayiqmay jang qilishdi, bu bilan hech kimdan kam emasligini, aksincha, boshqalardan ustunligini to'la isbotlashdi. 

- Bugun siz o'smirlar o'rtasida Urganch shahar hokimi sovrini uchun tashkil etilgan Xorazm viloyati chempionatining final uchrashuvlarini ham tomosha qildingiz. Vohaning yosh charm qo'lqop ustalari sizda qanday taassurotlar qoldirdi?

- Ularning tezkor harakati, asosan,  shijoati va g'alabaga bo'lgan metin irodasini  ko'rib  rosa quvondim. Ishonchim komilki, kelgusida bu o'g'il va qizlar orasidan vatanimiz sharafini nafaqat havaskor, balkim professional boksda ham ulug'laydigan sportchilar etishib chiqadi.

- Hozirda nima bilan mashg'ulsiz?

- Malum muddat tatilga chiqqanman. Uydagilarni, yaqinlarim va do'stlarimni sog'indim. Nasib qilsa, bir, bir yarim oycha Xorazmda, yani Urganchda bo'lib dam olmoqchiman.

- Keyingi jangingiz qachonga rejalashtirilgan? 

- Bu jang dekabr oyida Vetnam davlatida uyushtiriladi. Lekin, hozircha jang sanasi hamda raqibim malum emas. 

- Maqsad va rejalaringiz qanday?

- Ochig'i, birinchi galdagi vazifam WBA ASIA kamarini qo'lga kiritishdan iborat. Baribir, bu maqsadimga erishaman. Keyinchalik, boshqa maqsadlarim borasida bosh qotirishim mumkin.

- Orzu-umidlaringiz ro'yobga chiqishini tilab qolamiz.

- Rahmat.

OLAMSPORT.COM sayti uchun Ikrom XUDOYBERGANOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

+2   
30 sen 14:57:04
Jalol Axmedov
Nimaga har doim Xabibga Taqlid qiladi diysilar Abdurasul Xorazmlik boʻlsa boshidagi Xorazm choʻgirmasiku.
   
30 sen 14:50:21
SheRZoD_official
dabba bumasang kamar un jangda korealik bokschi bn koreada temboli hakamlar ham korealik bula turip janga rozi buldingmi bu qip qizil masharabozlikku qachon kurgansan karislarni boks tuship yurganini amerika yo rassiyaga ternirofka qilll. yo joydan karerang boshlanmasdan 1 ta maglubiyat
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing