27 may 08:24
Yangiliklar
Xabib O'zbekistonda mashg'ulot o'tkazdi FOTO
O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Otabek Umarov sportchining yurtimizga tashrifi borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Taniqli aralash jang sanati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov jonajon O'zbekistonimizga mehmon bo'lib tashrif buyurdi. U bilan birga befit.uz zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo'ldilar.
U o'zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan. Xabibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor.
U o'g'liga sportning ilk sirlarini o'rgatgan va o'ziga bo'lgan ishonchni uyg'ota olgan. Xabib o'z xalqining ananalariga sodiq munosib farzand, O'zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna", - deb xabar qoldirdi Otabek Umarov Instagramdagi sahifasida.
Fikrlar