10 mar 18:00
Yangiliklar

Xabib: Ramazondan so'ng bir yarim oyda tiklanaman
“Ramazon oyida kichik tanaffus olaman, lekin mashg'ulotlarni davom ettiraman. Bu vaqtni ko'proq oilam va ota-onam bilan o'tkazmoqchiman. Bu vaqt oralig'ida machitga boraman, ro'za tutaman. SHuningdek, parallel ravishda mashg'ulotlarni olib boraman.
Kun davomida tuz totmasdan turib mashg'ulot olib borish xavfliroq bo'ladi, bu vaqt davomida jarohat orttirib olishing ham mumkin. SHu sababli mashg'ulotlarni kamaytiramiz va sparing janglariga tushmaymiz.
Ramazondan so'ng qayta tiklanishim uchun kamida 45 kun kerak bo'ladi. CHunki, Ramazon oyida ovqatlanish tartibimiz butunlay o'zgaradi. SHu sababli bizga bir yarim oy qayta tiklanishimizga kerak bo'ladi”,-dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib navbatdagi jangini Toni Fergusonga qarshi o'tkazadi. Jang 18 aprel kuni Bruklinda bo'lib o'tadi.
Fikrlar