10 noy 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib sekundant bo'lgan jangda Nurmagomedov UFCda debyut qildi
Xabar berganimizdek, Moskva shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 163 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov UFCda debyut qildi. Lekin bu debyut omadsiz chiqdi. Abubakar germaniyalik David Zavadaga yutqazib qo'ydi. Yarim o'rta vazn toifasida o'tgan jangning 2 daqiqasi 50-soniyasida Zavada parterda ushlash, bo'g'ish usuli bilan Abubakarni taslim etdi.
Takidlash joiz, UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ushbu jangda Abubakarga sekundantlik qildi. Nurmagomedov 2011 yil MMAda ilk jangini o'tkazgan edi. U jami 18 ta jangda oktagonga chiqib, 15 g'alaba, bir durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Zavada esa 17-g'alabasiga erishdi. Uning hisobida 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar