23 okt 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib timsolida chiqadigan prof bokschimiz O'zbekiston chempionatining ilk jangidayoq yutqazib qo'ydi FOTOGALEREYA
Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan charm qo'lqop ustalarimizdan biri Abdurasul Ismoilov bugun boshlangan O'zbekiston chempionatida ishtirok etdi. .
Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan charm qo'lqop ustamiz shu kungacha professional boksning yarim engil vazn toifasida 7 ta jang o'tkazib, 6 tasida g'alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan), bitta jangni boy bergan.
Bir necha daqiqa avval u O'zbekiston chempionatining birinchi bosqich jangida andijonlik Mujibillo Tursunovga qarshi ringga chiqib, kutilmaganda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar