26 mar 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib - Toni jangi aniq AQSHda o'tkazilmaydi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o'g'li AQSHda jang qilmasligini malum qildi.
“Dana Uayt jang manzilini aytmaguniga qadar mening aytishga haqqim yo'q. AQSH hukumati janglarni o'tkazishga qarshilik qildi va buning natijasida Dana tovon puli oladi. Jang AQSHda bo'lmasligi aniq. Biz qaerda bo'lishidan qatiy nazar jangga tayyormiz, Xabib to'liq kuch bilan bahsga tayyorgalik ko'rdi”, - dedi Nurmagomedovlarning kattasi.
Eslatib o'tamiz, ushbu uzoq kutilayotgan jang 18 aprel kuni bo'lib o'tishi lozim. Jang manzili sifatida eng maqbul joy sifatida Dubay shahri ko'rsatilmoqda.
Havola :
Fikrlar