15 mar 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib - Toni jangi Las-Vegas va Nyu-Yorkda o'tkazilmaydi
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson oqshomi uchun yangi joy izlashga tushdi.
Koronavirus xavfi sabab Nevada va Nyu-York shtati Atletik komissiya hamda meriyalari shtatda 500 kishi to'planadigan barcha ommaviy tadbirlarni vaqtinchalik to'xtatish haqidagi qarori chiqqan edi.
Tabiiyki, buning natijasida mart va aprel oyilarida ushbu shtatlarda o'tkaziladigan UFC oqshomlari bekor bo'ladi. Dana Uayt yaqin kunlarda janglarning yangi manzili uchun ikkita nomzod shaharni elon qiladi.
Uaytning aytishicha, Toni - Xabib jangining Las-Vegas va Nyu-Yorkda o'tkazilishi muhokama ham qilinmayapti. Aynan Las-Vegas UFC 249 turniri uchun zaxira varianti edi. SHu kungacha Nurmagomedov - Fergyuson jangi to'rt marotaba bekor qilingan edi.
Havola :
Fikrlar