22 mar 19:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib - Toni jangi mezbonligiga 4-5 davlat davogarlik qilyapti
UFC prezidenti Dana Uayt aytganidek, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi chempionlik jangi avvaldan belgilangan muddatida o'tkaziladi.
Faqat asosiy muammo hozir jangning qaerda o'tkazilishida bo'lib qolmoqda. Nurmagomedovning menejeri Rizvan Magomedov bu mavzu bo'yicha o'z fikrini bildirdi.
"Hozir 4-5 mamlakat jang mezbonligi uchun davogarlik qilyapti. Hozircha bu davlatlar nomini sir saqlab turaman. Soat sari o'zgarayotgan vaziyatni kuzatib boryapmiz", - dedi Magomedov.
Katta ehtimol bilan Nurmagomedov - Fergyuson jangi 18 aprel kuni BAAning Dubay shahrida o'tkaziladi. Xabibning otasi Abdumanap Nurmagomedov ham aynan Dubay varianti haqiqatga yaqin ekanligini aytgandi.
Havola :
Fikrlar