26 sen 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88301_220.jpg)
Xabib uchun navbatdagi chorlov, unga qiyin bo'lishi aniq!
Xabib Nurmagomedovning mashhurlik darajasi shu qadar yuqoriligidan, unga jang taklif etuvchilarning soni kundan-kun ko'paymoqda.
39 yoshli Santos ortidan, endi Xabibga erkin kurash bo'yicha ikki karra jahon chempioni Kayl Deyk ham “vyzov” tashladi.
“Agar Xabib sport kurashlari asosida bahs o'tkazmoqchi bo'lsa, unga raqiblik qilishga tayyorman. Eshitdingmi, Xabib? Kel, buni amalga oshiraylik”.
Eslatib o'tamiz, Kayl Deyk yaqinda Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida bo'lib o'tgan sport kurashlari bo'yicha jahon chemponati erkin kurash bahslarining -79 kg vazn toifasidagi kurashchilar o'rtasida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar