20 may 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib virus sabab qancha hamqishlog'idan ayrilganini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yana bir bor hamyurtlarini koronavirusdan ehtiyot bo'lishga chorladi.
"Men o'sgan qishloqda jami besh yuz kishi virusga chalindi, ulardan o'n bir nafari vafot etdi. Oldimizdagi qishloqda esa o'n to'rt nafar bemor koronavirus sababli halok bo'ldi. O'zingizni ehtiyot qilinglar, bu kasallik bilan o'ynashmanglar", - degan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov ham koronavirusga chalingan va hozirda uning ahvoli o'ta og'ir deb baholanmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar