25 may 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning menejeri Konorga chempionlik jangini taklif qildi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz Konor Makgregorga qiziqarli taklif bilan chiqdi.
Ali Konorga yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmanni taklif qildi.
“Kamar uchun birinchi davogar Neyt Diasga qarshi jang qilmoqchi shekilli. Bu jang unga foydali bo'ladi. Ey Konor! Senga chempionlik jangi kerakmi? Kel senga Kamaru Usmanga qarshi jang tashkil qilib beraman. U senga qarshi dastlabki ikki raundda partersiz harakat qiladi”,-dedi Ali Abdel-Aziz.
Malumot uchun, Kamaru Usman Ali Abdel-Azizning mijozi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar