25 iyu 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning menejeri Konorga kutilmagan raqib topdi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
"Konor juda ko'p revansh haqida gapirdi, lekin Xabib unga bunday imkoniyat berish niyati yo'q. Agar u yana oktagonga qaytadigan bo'lsa, janglar o'tkazib, imkoniyatini kutishi shart! Makgregor Xabibga qarshi to'qnash kelishdan avval kamida uchta jangda oktagonga ko'tarilishi lozim. O'sha uchta raqibdan bittasi Islam Maxachev bo'lishi kerak", - dedi Ali Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Konor ettinchi iyun kuni faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Bu ishni u uchinchi marotaba amalga oshirishga urinib ko'radi. Bundan avval ikki bor faoliyatini yakunlab, oxir oqibat baribir yana oktagonga qaytgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar