01 dek 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning menejeri MakGregorning raqib tanlashini tanqid qildi + FOTO
Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdelaziz Konor MakGregorning jang o'tkazishiga istehzoli munosabat bildirdi.
"Kovboy jang qilishidan xursandman. Uning g'alaba qozonishiga ishonaman. Ammo, sen engil vaznda chempionlik jangida ishtirok etmoqchi bo'lsang Jastin Getjini mag'lub etishing lozim. Jastin bilan jang qilayotganingda, uni taslim etishga yoki aksincha natijaga tayyor bo'lishing kerak. Konor buni biladi", - deb xabar qoldirdi Abdelaziz.
U Instagramiga shuningdek MakGregor oson raqib tanlaganini aks etuvchi surat ham joylashtirdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar