05 sen 12:09
Yangiliklar
Xachanov US Open 1/4 finaliga chiqdi, u Medvedev uchun revansh olishga urinib ko'radi
Dunyoning 31-raketkasi bo'lib turgan Karen Xachanov musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi nimchorak finalda ATP reytingida 15-o'rindan joy olgan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani 5 set natijasiga ko'ra mag'lub etdi - 4/6, 6/3, 6/1, 4/6, 6/3.
Uch soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Karen 11, Busta esa 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Xachanov 6:3 hisobida oldinga chiqib oldi. Ikkala tennischi ham 6 marotabadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi rossiyalik tennischi chorak finalda Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqadi. Aynan avstraliyalik tennischi nimchorak finalda dunyoning birinchi raketkasi, US Open musobaqasining amaldagi g'olibi Daniil Medvedevni mag'lub etgan edi.
Fikrlar