23 iyu 08:25
Yangiliklar
Xalqaro olimpiya qo'mitasi BRIKS o'yinlarida qatnashayotgan O'zbekistonni bosim ostiga olgani aytilmoqda
Musobaqada O'zbekiston delegaciyasi 23 ta sport turi bo'yicha 249 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Malum bo'lishicha, turnirda ishtirok etayotgani uchun O'zbekiston delegaciyasi Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) tomonidan bosimga uchragan. Bu haqda birinchi bo'lib, Rossiyaning "Sport Ekspress" nashri vaziyatga yaqin ikki manbasiga tayanib, xabar berdi.
Bir nechta milliy federaciyalarimiz Xalqaro Olimpiya qo'mitasidan BRIKS o'yinlarida qatnashgan taqdirda sankciyaga uchrashi haqida maktub olgan. XOQ licenziant sportchilarimizni BRIKS o'yinlari yoki Olimpiadadan birini tanlashga chorlagan.
Aytilishicha, bunday maktublar boshqa bir qator delegaciyalar tarkibidagi federaciyalarga ham yuborilgan.
Takidlash joiz-ki, O'zbekiston delegaciyasi tarkibida bir necha licenziant sportchilarimiz BRIKS o'yinlarida qatnashmoqda.
Fikrlar