21 iyu 16:32
Yangiliklar
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi mehmonxonalarda Rossiya bayrog'idan foydalanishga ruxsat berdi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rossiyalik sportchilarga Tokio-2020 rasmiy mehmonxonalarida Rossiya milliy bayrog'idan foydalanishga ruxsat berdi.
"CHeklov faqat Olimpiya obektlariga tegishli. Jamoat joylari va mehmonxonalarda bu cheklov amal qilmaydi", - deyiladi bayonotda.
Eslatib o'tamiz, Butunjahon antidoping qo'mitasi chekloviga ko'ra, Rossiya Olimpiya jamoasi "Rossiya Olimpiya qo'mitasi" nomi bilan ishtirok etadi va milliy bayrog'idan foydalana olmaydi. Oltin medal olgan rossiyalik sportchilar uchun esa madhiya o'rnida CHaykovskiyning fortepianoda ijro etgan musiqasidan parcha qo'yib beriladi.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasi 23 iyul kuni start olib, 8 avgust kuni o'z yakuniga etadi.
Fikrlar