20 noy 17:41
Yangiliklar
Boshqalar
Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi o'z ishini yakunladi
16 noyabr kuni Berlinda boshlangan Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining (XPQ) navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bugun o'z ishini yakunladi.
Aytish lozimki, ushbu tadbirda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Farrux Axmedov ham ishtirok etdi.
Navbatdan tashqari Bosh Assambleya davomida Xalqaro Paralimpiya qo'mitasiga doir bir qator muhim masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, XPQ Konstituciyasiga ayrim o'zgartirishlar kiritish taklifi maqullandi hamda sportchilarning xalqaro klassifikaciyasi bo'yicha kiritilgan yangi o'zgarishlar elon qilindi.
Bundan tashqari, 2024 yil Parij mezbonligida o'tadigan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik masalasi ham keng muhokama qilindi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar