So’nggi yangiliklar

07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0

16 apr 19:35
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Xalqaro tennis federaciyasining O'zbekistonga tashrifi "jarlikka qulayotgan" o'zbek tennisiga foyda beradimi?

Teglar :  Tennis
Bir necha kun oldin O'zbekistonga xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggerti tashrif buyurdi.

Martabali mehmon O'zbekistonga safari davomida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, shuningdek Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Vazirlik va MOQ malumotiga ko'ra Xaggerti bir qator masalalar muhokama qilingan:

- Tennisni mamlakatimizda yanada (!) rivojlantirish. (huddi o'zbek tennisi rivojlanib ketgan-u, mazkur sport turi yanada rivojlantirilishga muhtoj);

- Yirik xalqaro musobaqalarni o'tkazish (eng yoqqan band shu bo'ldi, bunga hali qaytamiz);

- tennisi rivojlangan mamlakatlarda o'zbek mutaxassislarining malakasini oshirish;

- Va boshqa navbatchi jumlalar.

Mehmon yana Olimpiya zaxiralari tennis maktabida yosh tennischilar bilan uchrashgan, shuningdek "Temuriylar tarixi" muzeyiga bordi. Jahon tennis olami rahbarining Toshkentga tashrifi haqida bizga malum bo'lgan tafsilotlari shu. 

Endi tennisimiz rivojlanib ketadimi?

Tan olaylik, o'zbek tennisi so'nggi yillarda "jarlikka qulamoqda". Ishonganimiz Denis Istomindan keyin uning o'rnini bosadigan tennischimiz yo'q. O'z vaqtida Cicipas, De Minaur kabi tennischilarni mag'lubiyatga uchratgan, o'smirlar o'rtasidagi "Australian Open" musobaqasida finalgacha etib bora olgan Jo'rabek Karimov ham so'nggi vaqtlarda ko'rinmay qoldi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali u so'nggi paytlarda AQSHda istiqomat qilayotganini ko'rishimiz mumkin. 

Yana bir yosh va iqtidorli tennischimiz, Jo'rabek bilan deyarli bir darajada bo'lgan Humoyun Sultonov esa "CHellenjer" turnirlari saralashidan uyog'iga o'ta olmayapti. Sanjar Fayzievning esa faoliyati afsuski biz kutganimizdek u qadar yorqin kechmadi. Yana bir iqtidorimiz Sergey Fomin esa hal qiluvchi pallada terma jamoani g'alaba sari etaklab borishga hali salohiyati etmasligini Turkiya bilan "Devis kubogi" o'yinida ko'rdik. 

Yuqorida qayd etilgan to'rt nafar tennischi bundan taxminan uch-to'rt yillar oldin ham o'zbek tennisining kelajagi sifatida qaralardi. Afsuski, ularning potencialidan foydalana olmadik va bugungi darajamiz o'z uyimizda Turkiyaning birinchi bo'lmagan tarkibiga mag'lub bo'lish holatiga tushib qoldi. 

Bir necha murabbiylar esa maosh sabab xorijga ishlashga ketib qolishgan. 

Har holda hozircha tennisimiz rivojlanib ketishiga sabab bo'ladigan signallarni ko'rmayapman. Xaggertining tashrifi o'zining samarasini yaqin 1-2 yil ichida berishiga esa ishonmayapman. Bu so'zlar uchun esa uyalib qolishga roziman. 


Nufuzli musobaqalar O'zbekistonga qaytadimi?

So'nggi yillarda yurtimiz mezbonlik qiladigan WTA turkumidagi "Tashkent Open" musobaqasi, shuningdek erkaklar o'rtasidagi "CHellenjer" musobaqalari ham bizdan olib qo'yildi. Yoki o'zimiz berib yubordik. Bu esa yaxshi emas. O'zbekiston tennis federaciyasida nufuzli musobaqalarni o'tkazish tajribasi bor. O'z vaqtida ATP 250 maqomidagi "Prezident kubogi" musobaqasi yurtimizga haqiqiy tennis bayrami shukuhini olib kelardi. Marat Safin, Evgeniy Kafelnikov, Nikolas Kifer kabi jahon tennisining yulduzlari 250 reyting ochkosi va yaxshigina mukofot puli uchun O'zbekiston kortlarida ter to'kishardi. Tennis afsonasi Rojer Federer hali u qadar taniqli bo'lmagan paytida (1999 yil) ham O'zbekistonga birinchi va hozircha oxirgi bo'lib turgan tashrifini amalga oshirgandi. Bir necha yil oldin o'tkazilgan "Devis kubogi"da shveycariyaliklar O'zbekistonni Federersiz ham mag'lub eta olishlariga ishonishgani uchun, Rojerni Toshkentga olib kelishmagandi. 

Yana musobaqalar mezbonligiga qaytamiz. 1997-2002 yillardagi ATP 250 turniri ("Prezident kubogi") dan so'ng, 2008-2018 yillarda erkaklar o'rtasidagi "CHellenjer"ni o'tkazdik. Umuman, yaqin yillarda ham Buxoro, Farg'ona, Qarshi, Samarqand va Toshkent shaharlarida mana shunday "CHellenjer" turnirlari o'tkazilib kelinardi. Afsuski, 2019 yil bunday musobaqalar uchun eng so'nggisi bo'lib qoldi. 

Ayollar o'rtasidagi WTA Tour doirasida tashkil etiladigan "Tashkent Open" musobaqasi ham 20 yillik seriyadan so'ng o'z yakuniga etdi. O'z vaqtida Elina Svitolina, Ejeni Bushar, Viktoriya Azarenko, Elena Ostapenko, Iroda To'laganova kabi tennis yulduzlari o'ynagan mana shunday yirik turnir ham bugungi kunga kelib tarixga aylandi. 


"Devis kubogi"dagi ishtirokimiz yoki O'zbekiston uchun sovg'a

Erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati hisoblanadigan "Devis kubogi"da bu yil Jahon guruhidagi pley-off bosqichini Turkiya terma jamoasiga qarshi o'tkazdik. Qura bizga mezbonlikni tuhfa qildik. Afsuski, ushbu o'yinda u qadar kuchli bo'lmagan Turkiya terma jamoasiga 2:3 hisobida yutqazdik. Aslida hozirgi darajamiz uchun Turkiyaning ushbu tarkibi ham kuchli hisoblanadi. Mazkur qarama-qarshilikda Denis Istomin va Humoyun Sultonovning nima uchun o'ynamagani haqida rasmiy malumot berilmadi. Ular jarohat sabab kortga chiqmagani haqida malumotlar oldik. Turkiya to'sig'idan o'tishga esa Sanjar Fayziev hamda Sergey Fominning kuchi etmadi. 

Ushbu qarama-qarshilikning ilk o'yini juma kuni soat 13:00ga belgilangani muxlislar etiroziga ham sabab bo'ldi. O'zbekistonda aholining asosiy qismi Islom diniga etiqod qilishini hisobga olib, tashkilotchilar uchrashuv vaqtini o'zgartirishlari lozim edi. Muxlislar uchun albatta. 

Taqdir tuhfasini qarangki, Turkiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatimizga qaramay bizga jahon ligasiga chiqish uchun yana imkoniyat taqdim etildi. Rossiya va Belarus mamlakatlarining diskvalifikaciyasi sabab mag'lublar orasida reytingi nisbatan yaxshiroq mamlakat tanlab olinishi malum bo'ldi. Buni qarangki, bu aynan O'zbekiston terma jamoasi ekan.

Mart oyi oxirida o'tkazilgan qurada ushbu bosqichda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'ynashimiz aniq bo'ldi. Sentyabr oyidagi ushbu o'yinlar mezbonligi quraga ko'ra yana bizga nasib qildi. Demak, 16-18 sentyabr (16-17 yoki 17-18 sentyabr) kunlari O'zbekistonda yana bir tennis bayrami o'tkaziladi. Ushbu o'yin g'olibi kelasi yili jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etishi mumkin bo'ladi. 

Ishonamizki, O'zbekiston tennis federaciyasi mutasaddilari mehmonni faqat muzeyga yoki kollejga olib borish bilan cheklanib qolishmagan. Yaqin orada ushbu tashrif samarasi sifatida yana nufuzli musobaqalar mezbonligi, tennischilarimizga bo'lgan etiborning kuchayishi, selekciya rivojlanishi va reytingda yuqorilashimizni kuzatamiz. Har holda O'zbekiston iqtidorlarining potencialini hisobga olib, shunga umid qilamiz. Faqat ularni ko'ra bilish va etibor qaratish lozim.

Aziz To'xtamurodov

Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing