20 okt 13:50
Yangiliklar

Xalqaro tennis federaciyasi o'z nomini o'zgartiradi
Tashkilot 2026 yilda o'z nomini World Tennis deb o'zgartirishini elon qildi.
"ITF direktorlar kengashi va ijroiya qo'mitasi tomonidan tavsiya etilgan nom o'zgarishi tashkilotning global boshqaruv organi sifatidagi rolini yaxshiroq aks ettirish uchun mo'ljallangan. World Tennis nomi foydasiga tanlov uzoq davom etgan tadqiqotlar va manfaatdor tomonlar bilan muhokamalardan so'ng amalga oshirildi. Ular tashkilotning roli ko'lamini va uning tennis ekotizimi uchun ahamiyatini eng samarali aks ettiruvchi nom zarurligini tasdiqladilar", - deyiladi ITF matbuot xizmati xabarida.
Nomni o'zgartirish to'g'risidagi qaror milliy tennis associaciyalarining ko'pchilik ovozi bilan maqullandi. ITF 1913 yil 1 martda tashkil etilgan. Dastlab u ILTF deb nomlangan, ammo 1977 yilda uni hozirgi nomiga o'zgartirgan.
Fikrlar