So’nggi yangiliklar

18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0 12:12Александр Усик фаолиятида 16-маротаба бу ишни қилди 0

21 okt 09:59
Yangiliklar

Tennis

Olamsport insaydi tasdiqlandi: rossiyalik istiqbolli tennischi endi O'zbekiston sharafini himoya qiladi, u birinchi raqamli tennischimizga aylandi

Oktyabr oyi avvalida O'zbekiston tennis federaciyasi rossiyalik ikki tennischini mahalliylashtirish bo'yicha faol ish olib borayotgani haqida xabar bergandik.

Kuni kecha WTA rossiyalik 21 yashar raketka ustasi Mariya Timofeeva endilikda O'zbekiston nomidan musobaqalarda ishtirok etishi haqida malum qildi.

Mariya hozirda jahon reytingida 146-o'rinni egallab turibdi. U 19 oktyabr kuni Portugaliyadagi ITF W75 turnirida g'alaba qozongan edi. Uning faoliyati davomidagi eng yuqori reytingi 93-o'rin bo'lgan.

Moskvada tug'ilgan Timofeeva Sloveniyaning Koper shahrida Anya Morel murabbiyligi ostida shug'ullanadi. 2023 yilda u Budapeshtdagi turnir finalida ukrainalik Katerina Beindlni mag'lub etib, o'zining birinchi WTA Tour chempionligini qo'lga kiritgandi. Keyin esa oyog'idan olgan jarohati tufayli uch oylik tanaffus olgandi.

2024 yilda Mariya Timofeeva Avstraliya Ochiq chempionatida debyut qildi (saralash bosqichidan o'tdi) va to'rtinchi bosqichga qadar etib bordi. Mariyaning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari 796 826 dollarni tashkil qiladi.

Sportchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning sentyabr oyi oxirida Toshkent shahrida bo'lganini ko'rish mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing