24 mar 18:55
Yangiliklar

Xamzat CHimaev UFC prezidentining vadasini oshkor qildi
UFC prezidenti Dana Uayt chechen jangchisi bilan o'zaro suhbatida Gilbert Berns ustidan g'alaba qozongan taqdirda Xamzat CHimaev yarim o'rta vaznda UFC chempionlik kamari uchun navbatdagi davogarga aylanishi mumkinligini aytgan.
«Men bor etiborimni bo'lajak jang va kelajagimga qaratganman», - dedi CHimaev o'z videoblogining navbatdagi sonida.
«Yaqinda biz Dana Uayt bilan kechki ovqat qildik va men undan bu yigitni mag'lub etsam, meni nima kutayotgani haqida so'radim va u javob berdi - balki chempionlik jangi. Uning aytishicha, agar men uni boshqa barcha raqiblarim kabi osonlik bilan mag'lubiyatga uchratsam, odamlar meni chempionlik jangida ko'rishni xohlashadi.
«Balki men senga imkoniyat berarman» deb aytdi u menga», - dedi CHimaev.
Fikrlar