So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

29 okt 07:33
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Federaciya va associaciyalar rahbariyati bilan onlayn uchrashuv

ZOOM platformasida Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizni Tokio-2020 Olimpiadasi, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash mavzusiga bag'ishlangan onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar rahbariyati ishtirok etishdi.

Tadbirni Rustam SHoabdurahmonov olib bordi va 2021 yil bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun ajratilgan byudjet; o'smirlar va yoshlar terma jamoalari bo'yicha tashkil qilinadigan selekcion musobaqalar; terma jamoada murabbiylar shtabini shakllantirish; hududlardagi murabbiylar uchun seminarlar o'tkazish; asosiy jamoa uchun mahalliy va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish kabi kun tartibidagi mavzular yuzasidan birma bir fikr bildirib o'tdi.

“Hozir barcha sport turlari bo'yicha federaciyalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejalari bo'yicha taqdimotlarini eshitmoqdamiz. O'z navbatida, hukumatimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Rejalarda ko'rsatilgan mablag'lar deyarli to'liqligicha moliyalashtiriladigan bo'ldi. Buyog'iga endi o'z rejamiz bo'yicha ishlashimiz kerak. Har bir sport turida tajribali murabbiylarimiz bor va ular uzoq yillik tajribalari asosida sportchilarimizni tayyorlashadi. O'zimizning tajribali murabbiylarimizda ham yaxshi metodika bor. Nasib qilsa, bu haqida o'quv-qo'llanmalar chiqaramiz”, – dedi MOQ rahbari.

Tadbir yakunida federaciya va associaciyalar rahbariyatiga kun tartibidagi masalalar, shuningdek, qilinishi zarur bo'lgan qo'shimcha chora-tadbirlar bo'yicha kerakli tavsiya va topshiriqlar berib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing