So’nggi yangiliklar

19:56Рамазон Темиров UFC собиқ юлдузига қарши жанг қилади — манба 0 19:17“Ливерпуль” ва ПСЖ Барколя бўйича келиша олмаяпти 0 18:47Брэди Махачев - Гэрри жанги ҳақида: "Бир дарвоза олдидаги футбол" 0 18:13Таркибида 12 та жанги бор UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:48"У ўз имиджини бузмоқда". Даррен Тилл Иан Гэррини аёллар ҳақидаги гаплари учун танқид қилди 0 17:17“Ҳеч ким клубдан устун эмас”: “Реал” Винисиусга ультиматум қўйди 0 17:07Ўзбекистонлик сумочи ўзидан уч баравар оғир рақиби устидан тарихий ғалабага эришди (ВИДЕО) 0 16:49Украина россиялик боксчиларнинг халқаро турнирларга қайтишига кескин қарши чиқди 0 16:16ИНТЕРВЬЮ. Икки Президентнинг меҳрини қозониб, дуосини олган дзюдочи — Ришод Собиров 0 15:50Дана Уайт UFC`ни сотиб олишдан олдин қандай қилиб 380 000 доллар ишлаб топганини айтиб берди 0 15:18“Барселона” Родри учун курашдан чиқди: бунга учта сабаб бор 0 14:51Асосий тўрга саралаш турнири орқали етиб келган теннисчимиз рейтингда ўзидан 530 поғона юқоридаги рақибасини "сочиб" ташлади 0 14:16Магнус Карлсен Самарқанддаги Олимпиадага келадими? Қолган юлдузларчи? 0 13:43Перейра Жош Хокитнинг "вызов"ига "ответ" қилди 0 13:20Жаҳон чемпиони фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради 0

25 sen 07:01
Yangiliklar

Stol tennisi, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Tennis federaciyasining rejasi muhokama markazida

Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha rejalar taqdimotini yo'lga qo'ygani haqida malum qilgan edik.

Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha rejalar taqdimotini yo'lga qo'ygani haqida malum qilgan edik. Bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston tennis federaciyasi o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi. ZOOM platformasida kechgan mazkur tadbirda Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, shuningdek, O'zbekiston tennis federaciyasi rahbariyati, murabbiylar ishtirok etishdi.

Taqdimotini federaciya Bosh kotibi Iroda To'laganova olib bordi. Iroda Botirovna nutqi davomida bo'lajak yirik musobaqalarga qanday tayyorlanish, sportchilarimiz mahoratini oshirish va qayd etilayotgan natijalarni yaxshilash, xorijdan etuk mutaxassis jalb qilish orqali ham erkaklar, ham ayollar terma jamoasida kuchli murabbiylar shtabini shakllantirish va federaciyaning o'z oldiga qo'ygan boshqa rejalari haqida batafsil gapirib berdi. I.To'laganova taqdimot davomida selekciya ishlariga ham alohida to'xtalib, yosh iqtidorlarni saralash tizimi, tennisni yurtimiz bo'ylab yanada ommalashtirish uchun hududlarda moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash borasida takliflar bildirdi.

Tadbir davomida MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov ham taqdimot yuzasidan o'z fikrlarini aytib o'tdi.

“Tennis mamlakatimizda ulkan va o'ziga xos tarixga ega sport turlaridan hisoblanadi. Bugungi tadbirda o'zbek tennisi rivojiga o'z hissasini qo'shgan mutasaddilar ishtirok etishmoqda. Tarkibida Ogorodov, Tomashevich va Kucenko kabi tennischilar bo'lgan jamoamiz o'z vaqtida Osiyo qitasida etakchi bo'lgan. O'zbekiston tennis bo'yicha qulay bazaga ega. Men federaciya mutasaddilaridan selekciya ishlariga yanada ko'proq etibor berishlarini, haqiqiy iqtidor egalarini saralab olishga alohida ahamiyat berishlarini so'rab qolardim. Terma jamoa tarkibidan joy olish yoshlar uchun o'zgacha faxr berishi va undan tennischilarimiz g'ururlanishi lozim. Sportchilar orasida sog'lom raqobat uyg'otish kerak. SHuningdek, ularga motivaciya beradigan musobaqalar sonini ko'paytirish talab etiladi», – dedi MOQ rahbari.

Onlayn tadbir davomida mazkur sport turini yanada ommalashtirish, tayyorgarlik bosqichlari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing