So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

14 okt 13:08
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Triatlon sportining istiqboli, rejalar va muammolar muhokama qilindi

Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga terma jamoalarimizni tayyorlash bo'yicha loyihalarni ko'rib chiqishni davom ettirmoqda.

Taqdimotni O'zbekiston triatlon federaciyasi bosh kotibi Elena Kun olib bordi. Mutaxassis nutqining boshida konferenciya ishtirokchilarini kompleks musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishtirdi. SHuningdek, jamoamiz Tokio-2020 Olimpiadasi uchun licenziyani qo'lga kirita olmaganligi sababi ham tushuntirildi.

“Triatlon sportida Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritish uchun atlet Olimpiada saralash davridagi musobaqalarda muntazam ishtirok etib, reyting ochkolarini jamg'arishi va shaxsiy reytingda TOP-140 talikdan o'rin olishi kerak. Triatlon bo'yicha Tokio-2020 Olimpiada saralash davri 2018 yil 11 maydan 2020 yilning mart oyi oralig'ida o'tdi. O'zbekiston triatlon federaciyasi 2019 yil tashkil topganligi va iyul oyidan terma jamoa shakllantirilgani sabab vakillarimiz etarli reyting ochkolarini jamg'ara olishmadi”, – dedi Elena Kun.

SHuningdek, mutaxassis hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar, xususan triatlonchilarning muqim sport bazasiga ega emasligi va shu sabab mashg'ulotlar jarayonida noqulayliklar paydo bo'lishi haqida gapirdi.

Tadbir davomida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov so'zga chiqib, taqdimot to'g'risida fikrini bildirdi.

“Taqdimotni batafsil ko'rib chiqdim va mamlakatda triatlonning rivojlanishini yanada kuchaytirish zarurligi haqida aytib o'tmoqchiman. Men sizga Parij-2024 yo'lida o'z sport turingiz uchun ko'rsatilgan raqamdan tashqari yana bir licenziyani qo'lga kiritishni rejalashtirishingizni maslahat beraman. Federaciya sportchilarni nafaqat jismoniy jihatdan tayyorlashi, balki ularni ijtimoiy tomonlama ham qo'llab-quvvatlashi kerak. Sizdan yuqori natijalar talab qilamiz. Biz esa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Sizga yordam berishga va qo'llab-quvvatlashga tayyormiz”, – dedi MOQ rahbari.

Tadbir yakunida ishtirokchilar triatlon sportini moliyalashtirish, federaciyani zarur sport inshootlari bilan taminlash va «Yo'l xaritasi»ni ishlab chiqish bo'yicha o'z fikrlarini bildirdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing