So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

18 mar 20:02
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022 va Parij-2024: Muhokama markazida O'zbekiston triatlon federaciyasi

O'zbekiston MOQ rahbariyati Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga ishlab chiqayotgan rejalari bilan tanishishda davom etadi.

O'zbekiston triatlon federaciyasi bu boradagi rejalari bilan tanishtirdi. ZOOM platformasida o'tgan yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston triatlon federaciyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari, MOQ xodimlari ishtirok etishdi. 

Taqdimotni federaciya bosh kotibi Elena Kun olib bordi. Mutaxassis Xanchjou va Parij musobaqalariga tayyorgarlik strategiyasi qatori, yuzaga kelayotgan muammolar borasida ham to'xtalib o'tdi. 

Unga ko'ra, hozirda terma jamoaning muqim shug'ullanishi uchun moddiy-texnik baza etishmasligi asosiy masalalardan biri bo'lib turibdi. O'z o'rnida MOQ raisi bu muammo qisqa kunlar ichida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining mutasaddi rahbarlari orqali hal qilinishini takidladi.

“Triatlonni rivojlantirish borasida katta ish olib bormoqdasizlar. So'nggi davrda ko'plab viloyatlarimizda triatlon yanada ommalashdi. Uning targ'ibotini kuchaytirish borasida bo'limlari hali ochilmagan viloyatlarimizda ham hududiy filiallar ochish zarur. Biz Sizlarning yordamchingizmiz. Birgalikda olg'a harakat qilishimiz kerak. Hukumatimiz bizni doimo qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Baza borasidagi masalani Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji hududi orqali hal qilishni taklif qilaman. Ishonamizki, ushbu maskan bu masalada bizga yordam beradi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Malum qilinishicha, hozirda triatlon bo'yicha terma jamoamiz tarkibiga 24 nafar sportchi kiritilgan. Suhbat davomida jamoa ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy o'quv-mashg'ulot yig'inlari, musobaqalar atroflicha muhokama qilindi. MOQ raisi jamoa shifokoriga sportchilarning salomatligini qattiq nazoratga olish, barcha epidemiologik talab va qoidalarga rioya qilish borasida topshiriqlar berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing