04 avg 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaver Mendes Xabibni tayyorlash uchun Rossiyaga keladi
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining navbatdagi jang uchun tayyorgarlikning asosiy bosqichini o'tkazish uchun Rossiyaga keladi.
Bu haqida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme malum qildi.
"Xabib jangga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Xaver 15 avgustdan so'ng Xabibning yoniga Rossiyaga uchib ketadi. Ular o'zaro kelishgan holda mashg'ulotlarni o'sha erda olib borishga qaror qilishdi. CHunki hali "AKA" sport zalida shug'ullanish uchun ruxsat berilmagan", - dedi Xabibning do'sti Korme.
Eslatib o'tamiz, Xabib navbatdagi jangini 24 oktyabr kuni Jastin Getjiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar