08 okt 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Xayme Mungiya jamoasi majburiy davogar Bektemir Meliqo'zievga pul taklif qilyapti
Prof boksning super o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Xayme Mungiya o'z kamarini hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievdan himoya qilishi kerak.
Biroq, Xayme Mungiya jamoasi Bektemir Meliqo'zievga kutib turish uchun pul taklif qilib, avval Keyber Gonsalesga qarshi jang o'tkazishini rejalashtirmoqda.
Meliqo'ziev esa bunga javoban qoidalarni hurmat qilish kerakligini, hatto tekinga jang qilishga tayyor ekanini bildirgan.
WBA 21 sentyabr kuni Mungiya – Meliqo'ziev jangini o'tkazish bo'yicha buyruq bergan va tomonlarga kelishuvga erishish uchun 21 oktabrgacha muddat bergan edi. Agarda belgilangan muddatlarda kelishuvga erishilmasa jang o'tkazish xuquqini sotib olish uchun savdo sanasi belgilanadi.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar