So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

29 avg 12:47
Yangiliklar

Futbol

"Xayrli bo'lsin" - Timur Kapadze Paulu Bentu haqida fikr bildirdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze o'zining o'rniga kelayotgan Paulu Bentu haqida fikr bildirdi.

Biz mashg'ulotdamiz. Ko'rdik, murabbiy kelganini. Kelishuv bo'lgani haqida xabarimiz yo'q. Bu terma jamoa, biz Vatan jamoasi uchun eng yaxshisi bo'lishini tilaymiz. Xayrli bo'lsin. Bu jamoani kim boshqarishidan qati nazar O'zbekiston terma jamoa uchun muxlislik qilamiz. Men haqimda iliq fikrlar bildirganlarga minnatdorlik bildiraman. Barchaga rahmat aytaman.

Rahbariyat ham tajribali va JCHni ko'rgan mutaxassisni olib kelish niyatida. O'ylaymanki, bu balki yaxshilikka. Biz ham doim Vatanimiz termasi uchun yordam beramiz. 

Rahbariyat qanday qaror qabul qilsa, biz buni qo'llab turamiz. Biz murabbiyga emas, terma jamoaga muxlislik qilamiz. Biz birinchi marta JCHga chiqdik. Vaqt oz qoldi va biz bu turnirga yaxshi holatda borishimiz lozim. Kim bo'lishidan qati nazar, terma jamoaga foydamiz tegsa, xursand bo'lamiz. 

Terma jamoa uchun harakat qilish - sharaf! Biz bu libos uchun munosib bo'lishga harakat qilamiz. 

Xudoga shukur, menga berilgan vazifani bajardim. 34 yillik orzuni amalga oshirdik. Bundan barcha xursand bo'ldi. Qolgan barchasi yaxshilikka bo'ladi. Ko'ryapsizlar, so'nggi  yillarda Yurtboshimiz tomonidan futbolni rivojlantirish uchun barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajagimiz bundanda yaxshi bo'ladi. 

Biz o'z ustimizda ishlaymiz. Yanada kuchli bo'lishga harakat qilamiz. O'sha gap, terma jamoamiz yaxshi natijalarga erishishini tilab qolamiz. Biz bundan faqatgina xursand bo'lamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing