02 may 15:51
Yangiliklar

Xirn Joshua-Fyuri jangining ikkita sharti haqida gapirdi
Promouterning aytishicha, ushbu jang tashkil etilishi uchun ikkita shart bor ekan. Birinchisi - Uaylder va Pulev kabi davogarlar bilan jangdan voz kechik, ikkinchisi muxlislarning qaytishi.
"Biz haqiqatdan ham Fyurining kompaniyasi bilan aloqaga chiqdik. Jangni qaerda tashkil etish bo'yicha gaplashdik.
Lekin ushbu janggacha Joshuaning Kubrat Pulev bilan, Fyurining Uaylder bilan jangi bor. Endi karantin sabab ushbu janglarni bekor qilish lozim.
Bu jang karantindan so'ng kuchli qaytish bo'lardi. Muxlislar ham boksni sog'inib qolishgan. Ammo bunday katta jangni muxlislarsiz qanday qilib tashkil etish mumkin? Muxlislarsiz Joshua - Fyuri jangi haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas", - dedi Xirn.
Fikrlar
https://t.me/joinchat/AAAAAEhoVpkFJHnTvweX5w