24 iyu 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Joshua - Pulev jangining o'tkazilish muddatini malum qildi
Promouter Eddi Xirn Entoni Joshua va IBF kamariga davogar Kubrat Pulev o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Ishonaman, biz avgust oyi oxirlarida muxlislarning qaytishini ko'ramiz. Uzog'i bilan sentyabr yoki oktyabr. Bunday saviyadagi jangni muxlislar ishtirokida o'tkazish ajoyib bo'lardi.
O'ylaymanki, Joshuaning Pulevga qarshi jangi noyabr oyida bo'ladi. Entoni tizzasini qayirib olgan, lekin yaqin orada barchasi joyiga tushadi. Bu jang sanasiga bog'liq bo'lmagan muammo. Men bahsning noyabr oyida o'tkazilishini kutyapman", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar