23 iyu 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Usikning qachon Joshuaga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida gapirdi
Entoni Joshua (23-1,21 KO) ning promouteri Eddi Xirn bokschi qachon Aleksandr Usik (17-0, 13 KO) bilan jang qilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Barcha chempionning kamari uchun majburiy davogarlar bor. Entoni Joshuada ular ikki nafar: Kubrat Pulev va Aleksandr Usik.
Usik bilan biroz muammo bor. U jahon chempionligi kamari uchun jang qilish imkoniyatini olishi kerak. Balki Joshua u bilan bahorda uchrashar.
Bazi majburiy davogarlar chempionlik jangiga loyiq emas. Dillian Uayt esa kamar uchun jang qilishga barchadan ham ko'proq loyiq bo'lgan bokschidir. Unga bunday imkoniyat berilishi kerak", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar