02 okt 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xiroto Kioguchi WBA Super kamarini himoya qildi
Yaponiyaning Osaka shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi engil vazn toifasida WBA chempioni Xiroto Kioguchi o'ziga tegishli kamarni muvaffaqiyatli himoya qildi. Kunchiqar yurt bokschisi 34 yoshli vatandoshi Tecuya Xisadaga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangida 25 yoshli Xiroto tajribali raqibini 115-112, 116-111, 117-110 hisobida mag'lub etdi. Kioguchi 9-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. Tecuya esa ketma-ket 13 ta g'alabadan so'ng ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar