So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

24 sen 15:17
Yangiliklar

Xokkey

Xokkey. O'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston Ochiq CHempionati start olmoqda

Teglar :  Xokkey
26 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ochiq CHempionatining yangi mavsumi start oladi.

Musobaqa U10, U12 va U14 yosh toifalaridagi o'smir jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. 

O'yinlar mamlakatning bosh muz saroyi — Humo Arenada, shuningdek, Samarqand shahridagi "Family Park" muz maydonida bo'lib o'tadi.

2025–2026-yilgi mavsumda quyidagi jamoalar muzga tushadi: Humo Wings (Toshkent), Humo Sky (Toshkent), "Snezjiy Bars" (Toshkent), "SHerdor" (Samarqand), "Tornado" (CHimkent), SDYUSSH BINOKOR (Toshkent), Hockey Planet (Toshkent), Rakhimjan (Olmaota), Alma-Ata (Olmaota).

O'tgan mavsumda O'zbekiston Respublikasi Ochiq CHempionati uch yosh toifasida — U9, U12 va U15 bo'lib o'tgan edi. U9 kichik guruhida oltin medallarni Humo-1 (Toshkent) jamoasi qo'lga kiritgan. U12 toifasida chempionlik unvoniga Humo Akademiyasi (Toshkent) sazovor bo'lgan. U15 katta yosh guruhida esa g'oliblikni Turan (CHimkent) jamoasi qo'lga kiritgan.

CHempionat yosh xokkeychilarning sport mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday musobaqalar kelajak avlodi shakllanishi uchun poydevor bo'lib, ular yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qiladigan sportchilarga aylanishiga yordam beradi.

Musobaqa ochilishi 26 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. U14 toifasidagi ilk uchrashuvda kichik Humo Arena muzida “Humo Sky” (Toshkent) va “Alma-Ata” (Almata) jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv soat 14:40 da boshlanadi. OAV vakillari, muxlislar va barcha xokkey ishqibozlarini yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlashga va yangi xokkey mavsumining startiga guvoh bo'lishga taklif qilamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing