11 iyu 19:01
Yangiliklar
O'zbekiston ishtirokida o'tadigan xokkey bo'yicha 2027 yilgi Jahon chempionati qachon va qaysi davlatda bo'lishi aytildi
Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz aprel oyida III B divizionidagi ishtirokini birinchi o'rinda yakunlab, yuqori divizion yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Endi vakillarimiz uchinchi divizionning A guruhida bahs olib borishadi.
Mazkur divizion bellashuvlari 2027 yilning 25 aprelidan 1 mayiga qadar Xitoy Taypeyning Taychung Siti shahrida bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekistonga Xitoy Taypeyi, Bosniya va Gercegovina, Tailand, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari raqiblik qiladi.
Jamoalar divizionning o'zida ham ikki guruhga bo'lingan: "A" guruhi Xitoy Taypeyi, JAR va Tailand termalaridan iborat bo'lsa, "B" guruhida O'zbekiston Meksika hamda Bosniya va Gercegovina jamoalari bilan to'qnash keladi.
Fikrlar