06 noy 09:14
Yangiliklar
Futbol
Xoland Suaresning rekordini takrorladi
Angliya chempionati 15-turida “Manchester Siti” safarda qiyinchilik bilan “Fulxem”ni engdi – 2:1.
Avvalgi ikki o'yinni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Erling Xoland 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. U 90+5-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasiga muhim uch ochkoni keltirdi.
22 yoshli forvard APL doirasida oxirgi 10 uchrashuvda 16 ta gol urib, sermahsullik borasida 2013 yil dekabrida “Liverpul” sobiq hujumchisi Luis Suares tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorlashga erishdi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar