08 may 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolifild Taysonga qarshi uchinchi jangga rozi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Evander Xolifild ringga qaytib, Mayk Taysonga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Rikki Bouga qarshi jang qilishga tayyorgarlik ko'rayotgan edik, lekin pandemiya sababli rejalarimiz barbod bo'ldi. Men 50 yoshdan oshgan istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman. Ularni hech biri meni mag'lub eta olmaydi. Men Taysonga qarshi yana bitta jangda ishtirok etishga roziman. Buning uchun menga katta summa taklif qilishsa bo'lgani”,-dedi Xolifild.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'zaro ikki marta jang qilishgan va har ikkisida ham Xolifid g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar