26 iyu 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolifild Taysonning Jonsga qarshi jangiga munosabat bildirdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Evander Xolifild Mayk Taysonning Roy Jonsga qarshi jangi o'zi va Tayson o'rtasidagi jangga halal berishidan havotirda.
"Balki Mayk mengacha bitta ko'rgazmali jang o'tkazib olishni maqsad qilgandir. Lekin bu bizning o'zaro jangimizga halal bermasligi kerak.
Biz jang muhokamasini o'tkazdik, lekin qog'ozdagi rasmiy takliflar bo'lmagan. Biz ushbu jang birinchisi bo'lishini istagandik. Ikkinchi bo'lsang muxlislar uni birinchisi bilan taqqoslashadi.
Agar uning birinchi jangi muvaffaqiyatsiz chiqsa balki muxlislar bizning jangimizni ko'rishni istamay qolishar. Gap shundaki, Tayson haqiqatdan ham men bilan jang qilishni istaydimi? Barcha bu jangni istamoqda. SHuning uchun Taysonning qilayotgan ishini tushunmadim", - dedi Xolifild.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar