31 avg 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

XOQ boks bo'yicha Olimpiada-2020 saralash turnirlari sanasi va manzilini tasdiqladi
Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) boks bo'yicha Olimpiada-2020 uchun jahon va qitalar bo'yicha o'tkaziladigan kvalifikacion turnirlarning manzili va sanasini elon qildi.
Unga ko'ra, Osiyo va Okeaniya uchun kvalifikacion saralash turniri 2020 yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida bo'lib o'tadi. Afrika qitasi uchun xuddi shunday saralash musobaqasi 20-29 fevral kunlari Senegalning Dakar shahrida tashkil etiladi.
Evropa saralash turniriga 13-23 mart kunlari Angliyaning London shahri mezbonlik qilsa, Amerika qitasi bokschilari uchun turnir 26 martdan 3 aprelga qadar Buenos-Ayres (Argentina) shahrida o'tkaziladi.
SHuningdek, 13-24 may kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida qitaviy saralash musobaqalaridan o'ta olmagan bokschilar uchun qo'shimcha jahon kvalifikacion turnir tashkil etiladi.
Havola :
Fikrlar