01 mar 08:04
Yangiliklar
XOQ Rossiya Olimpiya qo'mitasidan vaqtinchalik cheklovni olib tashladi
“Bizni Xalqaro olimpiya qo'mitasining yana to'laqonli azosi sifatida qabul qilishgani haqida rasmiy hujjatlar kelmadi. Lekin shunisi aniqki, Pxyonchxandagi Olimpiada chog'ida qo'yilgan diskvalifikaciya va cheklovlar olib tashlandi.
O'ylaymanki, tog' chang'i sport turi vakillari va xokkeychilarimiz doping tekshiruvdan “toza” chiqishsa, biz yana Xalqaro olimpiya qo'mitasining to'laqonli azosiga aylanamiz”, – dedi XOQ vakili SHamil Tarpishhev.
Rossiya terma jamoasini Qishki olimpiya o'yinlaridan chetlatish haqidagi qarori 2017 yilning 5 dekabr kuni qabul qilingan edi. SHu bois rossiyalik atletlar XOQ bayrog'i ostida Pxyonchxandagi Olimpiadada ishtirok etib, 2ta oltin, 6ta kumush, 9ta bronza medali bilan umumajamoa hisobida 13-o'rinni egallashgandi.
Fikrlar