So’nggi yangiliklar

12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0

17 may 15:08
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

XOQ va JSST o'rtasida yangi memorandum imzolandi

Teglar :  MemorandumXOQJSST
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) va Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun kuchlarni birlashtirmoqda.

Jumladan, jismoniy faollik, sport hamma uchun, tamakisiz Olimpiya o'yinlari va bolalarning semirib ketishini oldini olish kabi mavzular hamkorlikning asosiy g'oyalaridan bo'lib turibdi. SHveycariyaning Lozanna shahrida mazkur ikki tashkilot rahbarlari Tedros Adanom Gebreisus (JSST) va Tomas Bax (XOQ) o'rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida kelishuv imzolandi.

Memorandumda takidlanganidek, tomonlar dunyo aholisi orasida yurak-qon tomir, saraton, diabet va ko'plab yuqumli kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradigan tadbir va strategiyalarni ilgari surish bo'yicha ish olib boradi. Statistik malumotlarga ko'ra, yuqumli bo'lmagan kasalliklar natijasida har yili 35 million kishi (9-60 yosh oralig'i) hayotdan bevaqt ko'z yumadi. Jismoniy faollikning etishmovchiligi natijasida esa har yili qariyb 2 million inson vafot etadi.

Har ikki tashkilot 1984 yildan beri hamkorlikda faoliyat olib boradi. Natijada o'tgan davr oralig'ida sog'lom turmush tarzi, ommaviy sport va Olimpiya harakati g'oyalari Er yuzida sezilarli darajada oshdi. Tomonlarning keyingi hamkorligi koronavirus pandemiyasi avj olgan mana shu davrga to'g'ri kelmoqda.

“Biz XOQda O'yinlar hamma uchun xavfsiz muhitda tashkil etilishi kerak, degan tamoyilni o'rnatdik. SHu sababdan JSST bilan fevral oyidan mazkur yo'nalish bo'yicha ishchi guruh faoliyatini boshladik. Biz Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining kelajakdagi musobaqalar uchun xavfsiz muhitni taminlashi uchun qo'llab-quvvatlashiga va maslahatiga umid qilamiz”, – dedi Tomas Bax.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing